Xitoyning Sinszyan viloyati fuqarosi sayr chog‘ida noyob hayvonga duch keldi. Chen Venszye dunyodagi eng kichkina kemiruvchi – mitti uch barmoqli qo‘shoyoqni topib oldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar beradi.
Chen Xotan uyezdi yo‘lida ketayotib, mashinasi g‘ildiragiga kichik jonivorning sakraganini ko‘rib, uni to‘xtatdi. U suv butilkasining qopqog‘idan sal kattaroq bo‘lgan kemiruvchini ko‘rib hayratda qoldi. Chen uni bo‘shagan gazli suv butilkasiga solib uyiga olib ketdi. U yangi do‘stini kuzata turib, uning uyquni juda yaxshi ko‘rishini va kuniga 17 soatgacha uxlashi mumkinligini aniqladi.
Xitoylik erkak bu yoqimtoy jonivorni olimlarga ko‘rsatdi. Mutaxassislar u dunyodagi eng kichkina kemiruvchi – noyob mitti uchbarmoqli qo‘shoyoqni topib olganligini qayd etdi. Kemiruvchining uzunligi besh santimetrga yaqin bo‘lib, vazni besh-olti grammni tashkil qiladi.
Izoh (0)