Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Yuriy Sergeyevning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi xakerlar hujumiga uchradi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
“Diqqat! Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Yuriy Sergeyevning Twitter’dagi sahifasi buzilgan”, — deya xabar bergan Ukraina Tashqi ishlar vazirligi o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
УВАГА!Акаунт Постійного предст-ка України про ООН @Yuriy_Sergeyev зламано! ATTENTION!Account of UA Perm Repr to UN @Yuriy_Sergeyev is hacked
— MFA of Ukraine 🇺🇦 (@MFA_Ukraine) July 28, 2015
Sergeyevning sahifasida ushbu harakat “Praviy sektor” nomidan “butun dunyoga murojaat qilish uchun” qilingani yozilgan. Buzilgan sahifada Ukraina hukumati aholiga bosim o‘tkazish, mustaqil ommaviy axborot vositalarini ta’qib qilish, kontrabanda va narkotiklar savdosiga homiylik qilishda ayblangan.
Izoh (0)