Denis Istomin Gshtad turnirining juftliklar bahsini g‘alaba bilan boshladi

Shveysariyaning Gshtad shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 494 310 yevroni tashkil etuvchi turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Denis Istomin ham ishtirok etyapti, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

28-iyul kuni O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi turnirning juftliklar musobaqasi ilk davrasida kortga chiqdi. Belaruslik Aleksandr Buriy bilan tandem hosil qilgan Istomin polshalik Mariush Firstenberg hamda meksikalik Santyago Gonsales juftligidan 6:3, 7:6 hisobida ustun keldi.

Eslatib o‘tamiz, Denis yakkalikning birinchi davrasida saralash musobaqasi g‘oliblaridan biri fransiyalik Maksim Teysherani 6:0, 6:4 hisobida taslim etgandi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing