Shvetsiyaning Ocean X-team kompaniyasi g‘avvoslari qirollik havzasidan ajnabiy suvosti kemasini topdi, deb xabar beradi “TASS”.
U haqidagi barcha ma’lumotlar Mudofaa vazirligi va hukumatga yetkazildi, biroq vazirlik hozircha topilmaga hech qanday izoh bermadi.
Ocean X-team’ning ma’lum qilishicha, Boltiqbo‘yi yaqinidan topilgan kichik suvosti kemasining korpusida kirillcha yozuvning mavjud ekanligi uning Rossiya davlatiga qarashli ekanligidan dalolat beradi. U eniga uch metr, bo‘yiga 20 metrni tashkil etadi. Suvosti kemasiga hech qanday zarar yetmagan.
Izoh (0)