Fransiyaning Shamble-Byusser kantonida bir vaqtning o‘zida 433 ta havo shari havoga ko‘tarildi va yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
40 ta mamlakatdan to‘plangan yuzlab havoda suzuvchi sharlar olti kilometrlik kolonnaga tizildi. Havo sharlarining osmonga ko‘tarilishini minglab tomoshabinlar kuzatdi.
Avvalgi rekord ham aynan shu yerda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda 391 ta havo shari havoga ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)