Rossiyaning turli mintaqalarida yashovchi uch mingdan ortiq kishiga 90 million rubldan ortiq zarar keltirgan “moliyaviy piramida”ni tashkil qilgan ikki kishi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qayd etilishicha, Udmuriyada huquqni muhofaza qiluvchi organlar “Senniye bumagi rasschyotno-kassoviy sentr” MChJ hujjatlarini tekshiruvdan o‘tkazgan. Ma’lum bo‘lishicha, firma 2013-yildan buyon o‘z veksellarini yiliga 36—40 foiz dividend to‘lash sharti bilan sotgan.
Firma aslida hech qanday xo‘jalik yoki moliyaviy faoliyat bilan shug‘ullanmagan. Uning filiallari Rossiyaning 20 ta shahrida ochilgan, bosh ofis esa Ijevsk shahrida joylashgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki nafar tashkilotchi uy qamog‘iga mahkum qilingan.
Izoh (0)