Odessadagi “Ibitsa” klubi gubernator Mixail Saakashvilining bildirgan fikri tufayli rossiyalik reper Timatining konsert dasturini bekor qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Odessalik gubernator o‘zining Facebook’dagi sahifasida chegara xizmatiga rossiyalik artistni mamlakatga kiritmaslikni “qat’iy tavsiya qilishini” bildirgan edi. Timatining konsert dasturi 21-avgustga rejalashtirilgan edi.
“Timati ko‘p yillardan buyon klubimizda o‘zining konsertlarini o‘tkazib kelgan. Bu yili ham uni taklif qila turib, Timatining chiqishidagi siyosiy mohiyatni e’tiborga olmabmiz. Biz sizning fikringizga hurmat bilan qaraymiz. Timatining “Ibitsa” klubidagi konserti bekor qilinadi”, — deyiladi klubning Saakashvili nomiga yo‘llagan xabarida.
Izoh (0)