Hindiston shimoli-g‘arbida avtobus va politsiya uchastkasiga qilingan hujum qurbonlari soni to‘qqiz kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
27-iyul, dushanba kuni to‘rt nafar qurollangan kishi Panjob shtatidagi Pokiston bilan chegaradosh Dina-Nagar shahrida avtobusga, so‘ngra politsiya uchastkasiga hujum qildi. Hindiston hukumati Pokiston bilan chegarada nazoratni kuchaytirdi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, olti nafar fuqaro va uch nafar politsiya xodimi hujum qurboni bo‘ldi, yana to‘rt kishi yaralandi.
Izoh (0)