Shvetsiya politsiyasi tomonidan giyohvand modda iste’mol qilishda gumon qilinib qo‘lga olingan amerikalik mashhur musiqachi Snoop Dogg ularni irqchilikda aybladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
43 yoshli musiqachi konsertdan so‘ng yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilib, giyohvand modda qabul qilganligini aniqlovchi test o‘tkazish uchun uchastkaga olib ketilgan. Reperning ta’kidlashicha, Shvetsiya politsiyasi uni to‘xtatgandan so‘ng, “irqchilikka oid hisobotini” tuzgan.
“Muxlislarimdan uzr so‘rayman, men endi hech qachon bu davlatga qaytib kelmayman. Meni politsiya uchastkasiga olib borayotgan politsiya xodimlariga minnatdorlik bildirishingiz mumkin”, — deydi Snoop Dogg.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, tegishli ekspertizalar o‘tkazilgandan so‘ng reper qo‘yib yuborilgan. Tekshirish natijalari ma'lum qilinmagan.
Izoh (0)