“Arab koalitsiyasi”ni boshqarayotgan Saudiya Arabistoni 27-iyulga o‘tar kechasidan boshlab Yamanda xusiy qo‘zg‘onlonchilariga qarshi o‘tkazayotgan harbiy operatsiyasini besh kunga to‘xtatadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Yaman prezidenti Mansur Hodiyning 2015-yil 24-iyul kuni qirol Salmon bin Abdulaziz Al Saudga yo‘llagan murojaatiga asosan besh kunlik sulh mahalliy vaqt bilan 26-iyul soat 11:59 dan boshlanadi”, − deyiladi koalitsiya qo‘mondonligi xabarida. Shuningdek, xusiylarning har qanday provokatsiyasiga javoban o‘q uzilishi qayd etilgan.
Joriy yil bahorida Yamandagi mojaro keskinlashganidan buyon o‘t ochishni to‘xtatish rejimi ikki marta joriy qilingan, biroq ikki marta ham tomonlar uni buzib, bir-birini ayblagan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 21 million yamanlik yoki mamlakatning 80 foiz aholisi gumanitar yordamga muhtoj. Jumladan, 13 million kishi oziq-ovqatga, 9,4 million kishi toza suvga muhtoj.
Izoh (0)