Yaqin kunlarda Suriya poytaxtida 2011-yilda “arab bahori” voqealari to‘lqinida yopilgan Tunisning bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini tiklaydi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Bosh konsul etib tunislik diplomat Ibrohim al Favari tayinlangan.
2012-yil noyabr oyida Arab davlatlari ligasi arab elchilarini Damashqdan chaqirib olish va Suriyaning tashkilotga a’zoligini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Livan va Iroq bu qarorga bo‘ysunmagan, Iordaniya esa o‘z elchisini 2014-yildagina chaqirib olgan.
Izoh (0)