Xitoy 30 ta futbol maydoniga teng hududni egallaydigan, diametri 500 metrni tashkil etadigan FAST (Aperture Spherical Radio Telescope) nomli dunyodagi eng yirik radioteleskop qurilishini boshladi, deb xabar bermoqda The Economic Times.
Teleskopning perimetri 1,6 kilometrni tashkil etadi, uning besh kilometrlik radiusida biror shahar joylashmagan. Rasadxona mamlakat janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasida, tepaliklar bilan o‘ralgan tabiiy chuqurlikda joylashgani FAST ishlashi uchun qulay sharoitlarni yaratadi.
Quruvchilar radioteleskopning 4450 ta panelini montaj qilish ishlariga 2015-yil 23-iyul kuni kirishgan. Rasadxona qurilishi esa 2011-yilda boshlangan bo‘lib, 2016-yilda yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Yangi teleskop qiymati 100 million dollarga baholangan.
Hozirda dunyodagi eng yirik teleskop Puerto-Rikoda joylashgan Aresibo rasadxonasi bo‘lib, uning diametri 305 metrni tashkil etadi.
Izoh (0)