AQShning Luiziana shtatidagi kinoteatrda sodir etilgan otishma qurbonlari soni uch kishiga yetdi, deb xabar beradi RBC.
Hodisa 23-iyul kuni kechqurun sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, otishma Lafeyett shahridagi Grand Theatre kinoteatrida yuz bergan. Guvohlarning ma’lum qilishicha, oq tanli, keksaygan kishi o‘t ochgan. Keyin u o‘z joniga qasd qilgan. Politsiyaning ma’lumotiga qaraganda, erkak 58 yoshda bo‘lgan, uning shaxsi oshkor etilmagan.
Izoh (0)