Tunis muftiysi Shayx Humda Said Ramazon hayiti kunini belgilash uchun oyni ko‘rishda xato qilinganini ma’lum qildi. Buning uchun u o‘z xalqidan kechirim so‘radi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi rasmiy sayti.
Shayx Humda Said mazkur tushunmovchilik natijasida kelib chiqqan ushbu xabarni televideniye orqali bergan intervyusida ma’lum qilib o‘tdi.
Mutaxassislar Tunisda juma kuni Ramazon hayitining birinchi kuni deb ma’lum qilishgan edi. Biroq, oy sinchkovlik bilan tekshirilganda mutaxassislarning xatoga yo‘l qo‘ygani ma’lum bo‘lib, juma kuni Ramazon oyining oxirgi kuni, shanba kuni esa Muborak “Iyd al-Fitr – Ramazon hayiti” ekani aniqlandi.