Argentina sudi kanadalik xonanda Jastin Biberni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni bekor qildi, ammo unga nisbatan ayblovlar o‘z kuchida qoladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Yaqin vaqt ichida sud Biber Argentinaga kelib, ko‘rsatma berishi lozim bo‘lgan sanani belgilaydi. Ungacha qo‘shiqchi Argentina politsiyasi so‘rovi bilan ta’qib qilinish xavfisiz butun dunyo bo‘ylab yurishi mumkin. 29-aprel kuni u Italiyada shu tufayli Interpol xodimlari tomonidan so‘roqqa tutilgan.
Argentina sudi aprel oyida Biberni hibsga olishga order bergan. Qayd etilishicha, 2013-yilgi gastrol vaqtida Argentina poytaxtidagi tungi klublardan birida Biberni suratga olmoqchi bo‘lgan fotografni uning tansoqchilari do‘pposlab, fotoapparatini olib qo‘ygan. Ular bu ishni qo‘shiqchining ko‘rsatmasi bilan bajargani taxmin qilinmoqda. Agar Biber Argentinada tan jarohati yetkazishda aybdor deb topilsa, bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Izoh (0)