Amerikaning Oklaxoma shtatidagi Broken-Errou shahrida besh nafar oila a’zosini o‘ldirishda gumon qilingan ikki o‘smir qo‘lga olindi, deb xabar beradi NBC News.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, 22-iyul, chorshanba kuni yarim tunda navbatchi qismga qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Aytilgan manzilga yetib kelgan politsiya xodimlari besh nafar halok bo‘lgan kishini topdi. Qotillik yuz berganda uyda yana ikki nafar bola bo‘lganligi aniqlandi. Ulardan biri jabrlanmagan, ikkinchisi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazildi.
Jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan 16 va 18 yoshli halok bo‘lganlarning qarindoshlari voqea joyidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda qo‘lga olindi.
Izoh (0)