2016-yilda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidenti sayloviga respublikachilar partiyasidan o‘z nomzodini qo‘yish uchun kurashayotganlar orasida milliarder Donald Tramp katta farq bilan yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi “Kommersant”.
The Washington Post tomonidan o‘tkazilgan so‘rov yakunlariga ko‘ra, respublikachilarni qo‘llab-quvvatlovchi amerikaliklarning 24 foizi Trampga ovoz berishga tayyorligi ma’lum bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinda boryotgan Viskonsin shtati gubernatori Skott Uoterda bu ko‘rsatkich 13 foizga, uchinchi o‘rindagi Jeb Bushda esa 12 foizga teng.
Demokratlar orasida esa Hillari Klinton yaqqol ustunlik qilmoqda – unga partiya tarafdorlarining 68 foizi ovoz berishga tayyor. Ikkinchi o‘rinda rasman mustaqil nomzod hisoblanuvchi vermontlik senator Berni Sanders 16 foiz, uchinchi o‘rinda virjiniyalik sobiq senator Jim Uebb 5 foizlik ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.
Izoh (0)