Gretsiyada dushanba, 20-iyul kuni uch hafta davomida yopiq bo‘lgan banklar yana ishlay boshladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, ko‘plab bank bo‘limlarida uzun navbatlar yuzaga kelgan. Yevropa Ittifoqi bilan kredit bitimi bo‘yicha kelishuvga erishilganiga qaramay, Gretsiya hali cheklovlarni bekor qilmayapti.
Hozir ham xorijga pul o‘tkazish mumkin emas. Naqd pul olishga cheklov ham amal qilmoqda – bir haftada 420 yevrodan ortiq naqd pul olish mumkin emas. Birja ham yopiqligicha qolmoqda.
Izoh (0)