AQSh va Kuba davlatlari Vashington va Gavana shaharlaridagi elchixonalari faoliyatini qayta tiklash orqali o‘zaro munosabatlarining yangi bosqichiga chiqmoqda, deb xabar berdi “TASS”.
Gavanadagi AQSh manfaatlari missiyasi hech qanday tantanalarsiz elchixonaga aylantiriladi. Shuningdek, AQSh bayrog‘i ham ko‘tarilmaydi. Missiya xodimlari diplomatik xodimlar sifatida akkreditatsiyadan o‘tadi. Bu AQSh davlat kotibi Jon Kerrining Kubaga tashrifi chog‘ida sodir bo‘ladi.
Vashingtonda esa Kuba elchixonasi ochilishi tantanali tarzda o‘tkaziladi. Elchixona Kubaning manfaatlar missiyasi binoasida ochiladi. AQSh tomonidan cheklangan miqdorda vakillar qatnashadi, Jon Kerri marosimda ishtirok etmaydi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Kuba o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1961-yilda uzilgan.
Izoh (0)