Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida qulab tushgan Tu-95 samolyotining ikki uchuvchisi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Sharqiy harbiy okrug qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan Tu-95 bombardimonchi samolyotining ekipaj a’zolari yerga tushgan joy topildi. Har ikkala uchuvchi yerga qulab tushish paytida halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 14-iyul kuni Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida bortida yetti kishi bo‘lgan Tu-95 strategik bombardimonchi samolyoti qulab tushgan edi.
Izoh (0)