Iroq hukumati rekord darajadagi jazirama tufayli 16-iyul kunini rasmiy dam olish kuni deb e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Vazirlar kengashi bosh kotibiyati ba’zi viloyatlarda 50 darajadan oshib ketgan havo haroratining keskin ko‘tarilishi tufayli 2015-yil 16-iyul kuni rasmiy ishlar to‘xtatilishini e’lon qiladi”, − deyiladi hukumat xabarida.
Qayd etilishicha, ushbu qaror banklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tashqari barcha davlat muassasalari uchun amal qiladi. Mamlakatda ikki kundan buyon 50 darajadagi issiq kuzatilmoqda, bu holat hafta oxirigacha davom etishi kutilmoqda.
Izoh (0)