Hindiston sharqida jodugarlikda gumon qilingan oila tilka-pora qilindi, deb xabar beradi Reuters.
Hodisa Orissa shtatidagi Laxanda qishlog‘ida yuz berdi. Mahalliy aholi qishloqda yashovchi er-xotinni qo‘shni bolalarga kasallik yuborishda aybladi. Bolta bilan qurollangan besh kishidan iborat guruh, xayoliy jodugarlarning qarindoshlari boshchiligida ularning uyiga bostirib kirdi. Er-xotin va ularning to‘rt nafar farzandi tilka-pora qilindi. Ulardan qutulib qolgan ikki bola politsiyaga hodisa haqida xabar berdi.Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari uy egalarining jasadi ostida qolib ketgan sakkiz yoshli o‘g‘il bolada tiriklik alomatlarini payqadi. Bola mahalliy kasalxonaga yuborildi.
Hindiston hukumati va politsiyasi xurofotga qarshi faol kurashayotganligiga qaramasdan, ko‘pgina shtatlarda hamon jodugarlar ovi keng tarqalgan.
Izoh (0)