Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina 2014-yil 17-iyul kuni Ukrainaning Donetsk viloyati ustida Malaysia Airlines’ga qarashli Boeing samolyoti halokatga uchragani yuzasidan xalqaro tribunal tuzishni so‘rab BMT Xavfsizlik kengashiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
298 kishining o‘limiga olib kelgan halokat yuzasidan tekshiruv o‘tkazayotgan ushbu davlatlar BMT XK tomonidan mustaqil xalqaro jinoyat tribunalining tuzilishi qurbonlar va ularning yaqinlari uchun adolat ta’minlanishi uchun eng yaxshi vosita bo‘ladi va eng yuksak xalqaro standartlarga javob beradi, deb hisoblaydi.
Beshala davlat Xavfsizlik kengashi a’zolarini ushbu jinoyatlarni sodir etganlarni javobgarlikka tortish va fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdidlarning oldini olishni ta’minlash maqsadida bu taklifni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.
Izoh (0)