Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning “Metalloinvest” xoldingi Xitoyning Hopu Investments jamg‘armasi bilan Udokan mis konining 10 foizlik aksiyalari narxi borasida kelisha olmadi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Bunga sabab sifatida bir nechta omil ko‘rsatilgan. Ulardan biri mis narxi 20 foizga — bir tonnasi 5578 dollargacha tushib ketganidir. Yana biri — Xitoyda sanoat sikli yakunlangani tufayli metall sotib olish kamayishi ehtimoli ekanligi aytilgan.
Shuningdek, “Rostex” ham loyihadagi 25 foizlik ulushni sotib olishga shoshilmayapti. Uchala kompaniya Udokan mis koniga egalik qiluvchi “Baykalskaya gornaya kompaniya” aksiyalarini sotib olish bo‘yicha 2014-yil, may oyida shartnoma tuzgan edi.
Izoh (0)