Hindiston g‘arbidagi Gujarat shtatida joylashgan Gir qo‘riqxonasining minglab hayvonlari suv toshqini qurboni bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Mamlakatning bu qismida yoqqan musson jalasi daryoning toshishiga olib keldi, natijada noyob hayvonlar yashovchi o‘rmon hududining o‘n ming kvadrat kilometrdan ortiqroq qismini suv bosdi. Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining ma’lumotiga qaraganda, qo‘riqxonada yashovchi minglab hayvonlar suv toshqini natijasida halok bo‘ldi. O‘ntacha sher, ikki mingdan ortiq nilgau antilopasi, yuzga yaqin xoldor bug‘u va o‘nlab yovvoyi cho‘chqalar shular jumlasidandir.
Suv toshqini natijasida oxirgi ikki hafta davomida 40 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, minglab dehqonlar evakuatsiya qilingan, dalalar va aholi punktlarini suv bosgan. Gujarat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetgan.
Izoh (0)