165 kilogramm vazndagi vengriyalik qo‘shiqchi Snowflake (Qor parchasi) o‘zining My Mission Is You qo‘shig‘iga yaltiroq tangachalari bo‘lgan harir kombinezonda klip ishladi. Britni Spirs Toxic videoroligida aynan shunaqasini kiygan edi, deb xabar beradi The Daily Mail.
“Shou-biznes olamida har bir kishining tana tuzilishi o‘ziga xosdir. Men gavdali qo‘shiqchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun shunday klip ishlashga qaror qildim. Chunki ularga mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish haqiqatan ham qiyin”, — deydi Snowflake.
Qo‘shiqchi ushbu rolik yuzasidan ko‘plab salbiy fikrlarni eshitganligini, biroq ularga e’tibor bermaganligini tan oldi.
Izoh (0)