Gretsiya Yevropa barqarorlik mexanizmidan o‘sish paketi sifatida va davlat qarzlarini qoplash uchun 35 milliard yevro so‘radi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Gretsiya, shuningdek, o‘z takliflarida uch yil ichida har yili yalpi ichki mahsulotning 1 foizi, 2 foizi va 3 foizi miqdoridagi birlamchi profitsitga umid qilmoqda. Keyinchalik profitsit o‘zgartirilishi mumkin.
Manbalarda ta’kidlanishicha, Gretsiya mudofaa xarajatlarini 300 million yevroga kamaytirishga tayyor.
Izoh (0)