Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o‘zining 90 yoshligiga bag‘ishlangan tantanali tushlikka 10 mingga yaqin kishini taklif qilmoqchi, shu tariqa ushbu bayram dasturxoni qirollik tarixidagi eng katta ziyofatga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Yubiley kelasi yilning iyun oyida o‘tkazilsa-da, unga tayyorgarlik hozirdan boshlandi. Qirolicha 21-aprel kuni tug‘ilgan bo‘lishiga qaramasdan, rasman uning tug‘ilgan kuni iyun oyining birinchi, ikkinchi yoki kamdan-kam hollarda uchinchi shanbasida nishonlanadi.
Bayram stollarining Bukingem qasri va Trafalgar maydonini bog‘lovchi Mell ko‘chasi bo‘ylab bir kilomertgacha masofada joylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Qirolichaning katta nabirasi Piter Fillipsning Sports & Entertainment Ltd kompaniyasi tadbir tashkilotchisi bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)