Amerikaning Tennessi shtatida ikki nafar jinoyatchi SmartBank bankining birinchi vitse-prezidentini o‘zining tashkilotini o‘marishga majbur qildi, deb xabar beradi Fox News.
Tanner Xarris va uning oilasini Noksvilldagi uyida garovga olishdi. Qurollangan jinoyatchilar Tanner va uning xotini Ebbilarning qo‘liga kishan solib, ko‘zini bog‘lab qo‘ydi. Keyin er-xotin va ularning besh oylik bolasini Xarrisning mashinasida u ishlaydigan bankning bo‘limiga olib borishdi.
O‘g‘rilar Tannerni muassasadan ma’lum miqdordagi pulni olishga majbur qildi. Erkak jinoyatchilarga pullarni bergandan so‘ng, ular uni bankda qoldirib, xotini va bolasini esa tashlandiq yo‘lda tashlab ketdi. Shundan so‘ng Ebbi qurilishgacha yetib borib, u yerdan qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qildi.
Izoh (0)