General Motors konserni Minsk yaqinidagi “Yunison” korxonasida Cadillac Escalade va Chevrolet Tahoe yo‘ltanlamas avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
Belorussiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar Rossiyaga eksport qilinadi, biroq ishlab chiqarish aynan qachondan boshlanishi ma’lum emas.
GM vakillarining so‘zlariga ko‘ra, “Yunison” zavodida ushbu avtomobillarni ishlab chiqarish uchun zarur uskunalar o‘rnatilgan, xodimlari ham konsern talablariga javob beradi.
Izoh (0)