Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 8-iyul oqshomida akasi Kaliybek Sharshenov 64 yoshida vafot etganiga qaramay, Ufada bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Akasining vafoti tufayli prezident Ufaga parvozining avval rejalashtirilgan vaqtini bir necha soatga kechiktiradi”, — deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabarida. Atambayev Boshqirdiston poytaxtiga 9-iyul oqshomida uchib ketishi kutilmoqda.
Avvalroq, Atambayev ushbu sammitda Qirg‘iziston qator tashabbuslarni ilgari surishini ma’lum qilgan. Jumladan, ShHT bankini tashkil etish va uning ofisini Bishkekda joylashtirish haqida aytib, Qirg‘iziston shu munosabat bilan ShHTga a’zo davlatlar moliya vazirlari va milly davlat banklari rahbarlari yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorligini qayd etgan.
Izoh (0)