8-iyul, chorshanba kuni kechasi va 9-iyul tongida Polshaning markaziy va janubiy qismlarida bo‘ron ko‘tarildi, deb xabar beradi “Eurointegration.com”.
Sileziyada 42 yoshli avtomobil haydovchisi ustiga daraxt qulab tushganligi sababli halok bo‘ldi.Ba’zi shaharlarda shamol tomlarni uchirib ketdi, yo‘llarning bir qismini daraxtlar va shoxlar to‘sib qo‘ydi. Bir necha yuz minglab kishilar elektr ta’minotisiz qoldi, poyezdlar va avtomobillar harakati buzildi.
Izoh (0)