Nyu-York Brodveyidagi teatrlardan birida tomoshabin quvvati tugagan samrtfonini zaryadlantirish uchun sahnadagi rozetkadan foydalanmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda New York Post. Biroq rozetka ham barcha boshqa bezaklar singari haqiqiy emasligi ma’lum bo‘lgan.
https://youtu.be/YVt9K0YhhLM
Ushbu hodisa tufayli zalda musiqa o‘chirilib, tomoshabinlardan sahnaga chiqmaslik so‘ralgan. Tez orada yetib kelgan qo‘riqchilar tomoshabinlar kulgusi ostida qoidabuzarga smartfonini qaytarib bergan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan hodisalarga qaramay, u qo‘riqchilardan smartfonini qayerda zaryadlantirishi mumkinligini so‘ragan. Hodisadan keyin teatr xodimlari bu haqda turli hazillar qila boshlagan. To‘rt kundan keyin esa o‘sha kuni qo‘yilgan Hand to God spektakli ijodkorlari buni reklamaga aylantirib yuborgan va “smartfonni quvvatlantirish lozim bo‘lsa, teatrga kelish” mumkinligiga ishora qilgan.
Izoh (0)