Italiya politsiyasi “Koza Nostra” mafiyasiga aloqador deb gumon qilingan shaxslarga qarashli 1,6 milliard yevrodan ko‘proq mablag‘ni musodara qildi, deb xabar beradi “Eurointegration.com”.
Jinoiy guruh go‘yoki Sitsiliyaning Palermo shahrida yashovchi “tadbirkorlar” – uch nafar akasi va ikki singlisiga qurilish shartnomasini qo‘lga kiritishga yordam berganlikda gumon qilinmoqda.
Palermo politsiyasi mol-mulkni musodara qilish bo‘yicha yirik operatsiyani amalga oshirganligini ma’lum qildi.
“Koza Nostra”, kalabriyalik “Ndrangeta” va “Kamorra” oxirgi paytlarda Italiyaning shimolidagi shaharlarda o‘z faoliyatini kengaytirdi.
Izoh (0)