Nigina Abduraimova Tailanddagi tennis turnirining chorak finaliga chiqa olmadi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazyapti, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

O‘zbekistonning birinchi raketkasi hisoblangan Nigina ikkinchi davra uchrashuvini mag‘lubiyat bilan yakunladi. Bangkok turnirida beshinchi raqam ostida harakat qilgan Nigina yaponiyalik tennischi Miyu Katoga 6:4, 5:7, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Endi Nigina asosiy e’tiborini turnirning juftliklar bahsiga qaratadi. Yaponiyalik Xiroka Kuvata bilan tandem hosil qilgan Abduraimova birinchi davrada musobaqaning birinchi raqamli juftligi hisoblangan xitoylik tennischilar – Kay-Lin Jang va Ksinyun Xan bilan hisob-kitob qiladi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing