Tadqiqotchilar dunyo bo‘yicha odamlar o‘limiga olib keluvchi sabablarni tahlil qilib chiqdi. Natijalar asosida ular hayvonlar ichida qaysi biri odamning asosiy qotili ekanligi haqidagi reytingni tuzib chiqdi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Odatda ulkan, kuchli va jahldor bo‘lgan akula va ayiqlar – eng xavfli hayvonlar deb hisoblanadi. Biroq reytingda dengiz yirtqichi oxirgi, 15-o‘rinni egalladi. Chunki ular bir yilda o‘nga yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘ladi.Odam qotillari ro‘yxatidagi birinchi o‘rinni har qanday kishi bir necha marta duch kelgan kichkina va kuchsiz hasharot – chivin egalladi. Gap shundaki, ushbu qon so‘ruvchi bezgak kasalligining tashuvchisi hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, uning aybi bilan har yili 600 mingdan ortiq odam vafot etadi.
Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini odamning o‘zi egalladi. Har yili kishilar tomonidan 475 ming o‘ziga o‘xshaganlar o‘ldiriladi. Reytingda oltinchi o‘rinni kuchuklar, o‘ninchi o‘rinni esa timsohlar egalladi.
Izoh (0)