Buyuk Britaniyaning The Sun nashri “o‘tgan oyda O‘zbekistonda Putin ishtirokidagi harbiy texnika ko‘rgazmasida yangicha ko‘rinishdagi ‘Piranya’ suvosti kemalari namoyish etilgani” to‘g‘risida “sensatsion yangilik” tarqatdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Sohil bo‘yida harakatlanishga mo‘ljallangan ushbu kichik suvosti kemalari O‘zbekistonga qanday tarzda olib kelingani haqida nashr aniqlik kiritmagan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda harbiy texnika ko‘rgazmasi o‘tkazilmagan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa so‘nggi marta O‘zbekistonga 2014-yil dekabr oyida tashrif buyurgan.
Izoh (0)