Ruxsat berilmagan norozilik harakatlari ishtirokchilaridan 30 ga yaqini tunni Yerevan markazidagi Ozodlik maydonida o‘tkazdi, ulardan biri o‘z og‘zini tikib tashladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ovi ismli aktivist, buning natijasida, hech narsa yeya olmayapti va yaxshi gapira olmayapti, biroq suv ichishga imkoniyati bor. “O‘zimni yaxshi his qilyapman. Hech qayerim og‘rimayapti”, — dedi aktivist.
Namoyishchilar hamon 23-iyun kungi aksiyani tarqatib yuborgan politsiyachilar jazolanishini talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Armaniston poytaxtida elektr energiyasi tariflari oshirilganidan keyin boshlanib ketgan namoyishlar ikki haftadan buyon davom etmoqda.