Tunis prezidenti Beji Kaid as Sabsi mamlakat aholisiga qilgan telemurojaatida 30 kun davomida favqulodda holat amalda bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muddat uzaytirilishi ham mumkin. Favqulodda holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar va armiya vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutadi. Hukumat jamoatchilik xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan namoyishlarni taqiqlash huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, OAV alohida nazorat ostiga olinadi.
Favqulodda holat 26-iyun kuni Sus shahrida sodir etilgan Tunis tarixidagi eng yirik terakt tufayli joriy etildi. 23 yoshli terrorchi mehmonxonalardan biriga kirib olib, avtomat yordamida sayyohlarga o‘q uza boshlagan. Natjada 38 kishi halok bo‘lib, 40 kishi jarohat olgan edi.
Izoh (0)