Putin Obamani AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Barak Obamaga Qo‘shma Shtatlar mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yubordi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: ntv.ru

Foto: ntv.ru

Tabrikda Rossiya va AQSh munosabatlari, ikki mamlakat o‘rtasidagi turlicha yondashuvlarga qaramay, dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning muhim omili bo‘lib qolayotganligi ta’kidlangan. Putin “Rossiya va AQSh eng murakkab xalqaro muammolar yechimini topishi va global tahdidlarga qarshi samarali qarshilik qila olishi”ga ishonch bildirgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing