Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq Amerikaning The Wall Street Journal gazetasini uning katta miqdordagi pora olganligi haqida xabar tarqatganligi uchun sudga bermoqchi, deb xabar beradi “TASS”.
“Chop etilgan maqola ataylab salbiy ma’no kasb etgan, bayon qilingan fikrlar esa asoslanmagan va shubhali manbalarga tayangan. Shu sababdan biz yuridik chora ko‘rmoqchimiz”, — deydi davlat rahbari kotibi Muhammad Aseh.
The Wall Street Journal'da 3-iyul, juma kuni Najib Razzoqning shaxsiy hisob raqamiga 1MDB nomli davlat jamg‘armasidan 700 million dollarga yaqin mablag‘ o‘tkazilganligi haqidagi maqola chop etilgan edi. Unda aytilishicha, bosh vazir hisobiga o‘tkazilgan 620 million dollar va 61 million dollarlik o‘tkazmalar go‘yoki 2013-yil mart oyidagi saylovoldi kampaniyasi davrida amalga oshirilgan.
Izoh (0)