Chilining The Clinic jurnali yangi soni muqovasiga “O‘zga sayyoralik” filmi qahramonining suratini joylashtirib, unda argentinalik hujumchi Lionel Messini masxara qildi, deb xabar beradi ushbu nashr sayti.
Jurnal muqovasi Chili va Urugvay o‘rtasida bo‘lib o‘tgan chorak final o‘yinlarida Gonsalo Xara va Edinson Kavanilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan hodisani o‘quvchilar yodiga soladi. Undagi o‘zga sayyoralikning barmog‘i to‘q sariq rangga bo‘yalgan holatda tasvirlangan hamda “Tayyorlan, Messi” so‘zlari qo‘shimcha qilingan.
Jurnal argentinalik futbolchini kelgindi bilan qiyoslagan, chunki ko‘plab o‘yinchilar va mutaxassislar uni o‘zga sayyoralik deb ataydi.
Izoh (0)