Yaponiya KXDRdan o‘zining o‘g‘irlangan fuqarolari ishi bo‘yicha tergov yuzasidan tezda hisobot berishni talab qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Yapon hukumati KXDRning ushbu tergov muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi so‘roviga shu tarzda javob qaytargan. Murojaat Pxenyanga Pekindagi diplomatik kanallar orqali yetkazilgan.
Qayd etilishicha, avvalroq Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fusio Kumida KXDR tergov muddatini uzaytirishni so‘raganini tasdiqlab, o‘g‘irlanganlar yurtlariga qaytishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)