3-iyul kunining ikkinchi yarmida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan Nika Pharm farmatsevtika kompaniyasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Voqea joyiga bir nechta o‘t o‘chirish bo‘linmalari yetib borgan. Yong‘in sabablari hozircha ma’lum emas. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Qayd etilishicha, 2014-yilning oktabr oyida Toshkentning Olmazor tumani hududida sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida farmatsevtika kompaniyalarining, jumladan Nika Pharm’ning ham ombori zarar ko‘rgan. O‘shanda yong‘in sababi sifatida qisqa tutashuv ko‘rsatilgan edi.
Izoh (0)