30-iyun kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida AQShning Florida shtati Sarasota shahri ko‘chalarida yashovchi boshpanasiz odamning pianinoda Styx guruhining Come Sail Away qo‘shig‘ini mohirona chalayotgani videosi paydo bo‘ldi. Ushbu videoni 3 milliondan ko‘proq odam tomosha qildi. Bu haqda “Afisha.ru” xabar beradi.
Ma’lum bo‘lishicha, 51 yoshli Donald Guld 17 yil avval xotinining vafotidan so‘ng ko‘chada qolgan. Ungacha esa u dengizchi bo‘lib flotda xizmat qilgan, klarnet chalgan. U yoshligida Michigandagi Spring-Arbor universitetida ta’lim olgan va u yerda ko‘plab musiqa asboblarini chalishni o‘rgangan. Biroq u daraja olishga ulgurmagan.
Endi esa Donald pul topish uchun shaharda mahalliy o‘zini idora qilish organlari tomonidan Sarasota Keys Piano loyihasi doirasida o‘rnatilgan fortepianoni chalmoqda. Guld o‘qishni bitirishni va bolalarga musiqadan dars berishni orzu qilishini aytdi.
https://youtu.be/JCguq3hTC2M
Izoh (0)