O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlari muhokamasi saytida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarida tranzit sifatida harakatlanuvchi yuklarni GPS texnologiyasi yordamida kuzatishni tashkillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Loyihaga binoan, O‘zbekiston hukumati GPS tizimi orqali ko‘chuvchi obyektlar monitoringini amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga mamlakat hududidan avtotransport vositalarida tranzit sifatida o‘tuvchi yuklarni kuzatishni tashkillashtirishga ruxsat berishni rejalashtirmoqda.
Hujjatda aytilishicha, tashuvchilarning GPS orqali kuzatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchilar bilan munosabatlari ularning o‘rtasida shartnoma tuzilishi orqali quriladi.
GPS orqali kuzatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchilar O‘zbekiston hududidan tranzit sifatida o‘tayotgan avtotransport vositalari haqidagi ma’lumotlarni davlat bojxona xizmati organlariga beminnat asosda taqdim etadi. Dasturiy ta’minot va GPS qurilmalari ham vaqtinchalik foydalanish uchun davlat bojxona xizmati organlariga beminnat asosda taqdim etiladi.
Izoh (0)