Jahon banki tomonidan e’lon qilingan 2014-yil yakunlari bo‘yicha dunyo mamlakatlari aholisi reytingida O‘zbekiston 30,743 million kishilik aholisi bilan 43-o‘rinda qayd etildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
2013-yil yakunlari bo‘yicha ham O‘zbekiston 43-o‘rinda ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘shanda aholi soni 30,241 million kishi bo‘lgan. 2014-yilda O‘zbekiston aholisi 502 ming kishiga ko‘paygan.
2014-yilgi ro‘yxatdan jami 214 davlat joy olgan bo‘lib, dastlabki o‘rinlarni Xitoy (1,364 milliard kishi), Hindiston (1,267 milliard kishi), AQSh (318,857 million kishi) egallagan. Keyingi o‘rinlarda esa Indoneziya, Braziliya, Pokiston, Nigeriya, Bangladesh, Rossiya va Yaponiya ko‘rsatilgan.
Izoh (0)