Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al Malikiy 2-iyul, payshanba kuni Falastin davlatini rasman tan olgan davlatlar soni 2015-yilning oxirigacha 140 taga yetishini e’lon qildi. Bu haqda “Newskaz.ru” xabar berdi.
“Bugungi kungacha Falastinni qancha davlat tan oldi? Hozir 136 yoki 137 raqamlari keltirilmoqda. Biz Falastinni yanada ko‘proq davlatlar tan olishi ustida ish olib boryapmiz. Bu raqam yil oxirigacha 140 taga yetishini ta’kidlab o‘tmoqchiman”, — deydi al Malikiy matbuot yig‘ilishida.
Tashkilot rahbari so‘z Yevropa, Lotin Amerikasi va Tinch okeani hududidagi bir qator davlatlar haqida borayotganini ta’kidladi. U BMTning Falastin muammosiga bag‘ishlangan seminarida qatnashish uchun Moskvaga yetib keldi.
Izoh (0)