Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, chekish XX asrda 100 ming kishini hayotdan olib ketgan bo‘lsa, 2030-yilga borib yiliga 8 million kishining umriga zomin bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“2100-yilga borib chekishdan halok bo‘lganlar soni 1 milliardgacha yetishi mumkin. Nikotin olinuvchi muqobil manbalar qurbonlar soni kamayishiga yordam berishi mumkin”, — dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sobiq amaldorlaridan biri Derek Yak.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, o‘limga nikotin moddasi emas, balki chekishning o‘zi olib keladi. Qayd etilishicha, tamaki tutunida hosil bo‘ladigan ko‘plab zaharli moddalar alohida ravishda organizmga zarar yetkaza olmaydi, biroq agar ular birlashsa, o‘lim keltiruvchi katta kuchga aylanadi.
Izoh (0)