Joriy yildagi oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotasiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalariga 5 000 nafar magistr, shundan 1548 nafari davlat granti, 3452 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan, deb xabar bermoqda “Xushnudbek.uz”.
Magistratura kvotalarida o‘tgan yilgiga qaraganda umumiy o‘zgarish kuzatilmagan. Biroq OTMlar kesimida olib qaraganda, o‘zgarishlar mavjud. Xususan, 21 ta OTMda kvotalar soni kamaygan, 17 ta OTMda ko‘paygan, 27 tasida esa o‘zgarishsiz qolgan.
Eng katta o‘zgarishlardan biri, bu Andijon tibbiyot instituti magistraturasiga qabul kvotasi 22 nafarga, Toshkent tibbiyot akademiyasi magistraturasi 16 nafarga (stomotologiya yo‘nalishining ajralib chiqishi hisobiga), Toshkent moliya instituti 10 nafarga, Toshkent davlat agrar universiteti 7 nafarga qisqartirilganligi bo‘ldi. O‘z navbatida Samarqand tibbiyot instituti magistraturasiga qabul kvotasi 16 nafarga ko‘paytirilgan.
Qabul kvotasi soni bo‘yicha OTMlar reytingi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi (magistratura uchun):
- O‘zbekiston milliy universiteti — 433 nafar;
- Toshkent davlat texnika universiteti — 299 nafar;
- Toshkent tibbiyot akademiyasi — 283 nafar;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 263 nafar;
- Samarqand davlat universiteti — 214 nafar.
Izoh (0)